logomuruvvatuyi 1

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni (fotolar)

Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida joriy yilning 02 dekabr kuni  “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi direktori Yo.Shonazarov so‘z olib “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.

“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.

“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rligi va keng jamoatchilikning bayram munosabati bilan faol ishtiroki yorqin namunasidir.

Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyidagi 8 ta bo‘lim tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilar tomonidan raqs va musiqa hamda qo‘shiqlar ijro etildi.

“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirga Qashqadaryo viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi  va Qashqadaryo viloyat Bojxona boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.

Shuxrat medali soxibi Almamat Sharipov va Qarshi Madaniyat “BAYT” estirada guruhi a’zolari Nurbek Salimov, Nafisa Niyozovalar tomonidan kuylangan kuy qo‘shiqlar bolajonlar qalbiga olam-olam quvonch bag‘ishladi.

Bundan tashqari tadbir munosabati bilan bolajonlar uchun “Baxt Orginal” MChJ tomonidan bayramona dasturxon tashkillashtirilib dasturxonga osh tortildi.