Muruvvat uyida ta’lim – tarbiyani tashkil etish masalalari pedagogik, psixologik, logopedik va tibbiy muolaja uzluksiz jarayondir. Psixolog – internat uyiga kelgan bolalarni qabul qilish, tashxis qilish, bolani ruxiy tuzatish jarayonlarini aniqlash, individual va frontal mashg‘ulot olib borish, o‘zaro xamkorlik ta’moyilini amalga oshirish maqsadida tarbiyalanuvchilar oilalariga va tarbiyachilarga psixologik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida kompleks yondashuvini ta’minlash maqsadida psixolog faoliyat olib boradi. Psixolog bola bilan ishlash jarayonida bolani o‘zligini anglash ya’ni “Men” tushunchasini shakllantirishga o‘rgatadi. Bolada mustaqil fikrlash, tasavvur olamini kengaytirish, xotira, diqqatini oshirishdan iborat. «Muruvvat» uyimizda tarbiyalanadigan 280 nafar bolalarimizdan bo‘lib rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganib, shular asosida ular uchun inklyuziv ta’lim tashkil etildi, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) ga yordam berildi. Bolalar o‘zlarini o‘z uylaridek xis qilish uchun barcha shart sharoitlar majud.
Shulardan sensor xona, mexnat xona, biblioteka, maxsus maktabda o‘qiydigan o‘quvchi bolalarimiz uchun sinf xona, LFK xonasi, fizioterapiya xonasi, psixolog va logoped xonalari mavjud. Psixolog va logoped xonasida bolalarga xam psixologik va logopedik mashg‘ulotlar xamkorlikda olib boriladi. Bolalarimiz mashg‘ulotlarga maroq bilan qatnashib o‘zlaridagi muammolariga yechim topadilar.