logomuruvvatuyi 1

Logoped xonasi

Xona faoliyati haqida

Qarshi “Muruvvat” internat uyi tarbiyalanuvchilariga Logopediya fani yo‘lga qo‘yilgan. Logopediya-nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o‘rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediyaning asosiy maqsadi nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqini o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish, korreksiyalashdan iborat. Tekshiruv natijalari ruhiy pedagogik nutq rivojlanish xaritasida qayd qilinadi, logopedik mashg‘ulotlar guruhli (frontal), yakka ( individual) tartibda olib boriladi, artikulyatsion va statik mashqlar: tilni harakatli va harakatsiz kabi bir qancha mashqlar olib boriladi.

      Qarshi “Muruvvat” internat uyi tarbiyalanuvchilari uchun Logopediya xonasi mavjud, tarbiyalanuvchilar uchun oyna, o‘quv stol stullar, o‘yinchoq shkaflar, o‘quv qurollari mavjud. Bundan tashqari tadbirlar,  qo‘g‘irchoq teatrlari tomosha qildiriladi, Muruvvat bog‘lariga sayr qildiriladi, har xil turdagi parranda,qushlar, quyonlar mavjud,ularni tomosha qildiriladi.  internat uyiga kelgan tarbiyalanuvchilarni nutqida nuqsonini aniqlash, tashxis qo‘yish va bolani nutqiy va ruhiy tuzatish jarayonlarini aniqlash: dislaliya, NTR, alaliya, dislaliya,  dizartriya, logonevroz, rotattizm, sigmatizm, lambattizm  kabi nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan korreksion-logopedik ishlar  olib borilmoqda. Bundan tashqari og‘zaki nutq faoliyatini,jumlalarni tuzilishi, nutqning imlo tuzilishi, tez aytish, sher, hikoya tuzishga o‘rgatish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, so‘z boyligini oshirish, tassavur olamini kengaytirish kabi ishlar olib boriladi.