logomuruvvatuyi 1

9 may – Xotira va qadrlash umumxalq bayrami

Birinchi-Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan 1999 yili 9 may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi. Ushbu kundan boshlab 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida kahramona, o‘lkamizni himoya kilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido kilgan, shuningdek To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, kabi kahramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy kahramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham karzdir. Insoniyat ikkinchi jahon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda kahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi.

Sana munosabati bilan Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachilaridan bir guruhi Qarshi shahridagi motamsaro ona xaykali va xurmatli birinchi prezidentimiz I. A. Karimovni xaykali poyiga gullar quyib ziyorat qildilar.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sodiq qilib tarbiyalash, Ikkinchi jahon urushida vatan uchun jonini fido qilgan avlod ajdodlarimizga xurmat va extirom ko‘rsatish va ular xotirasini abadiylashtirish insoniylik burchimizdir.