Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida fiziterapiya xonasi tashkil etilgan, zamonaviy jixozlar va tibbiy apparatlar bilan jixozlangan bo‘lib tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilariga fizioterapiya muolajalarining o‘rni juda muhim.
Fizioterapiya kasallikni oldini olish va kasallakni asoratini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Fizioterapiya bemorlarning hayoti davomida tananing maksimal harakat erkinligini va funksionalligini rivojlantirish, saqlash va tiklash maqsadida ko‘rsatiladigan xizmatlardir.
Fizioterapiya xonasida quyidagi apparatlardan foydalaniladi.
– Potok-1 (GOLVANIZATSIYa) (Golvanizatsiya qon tomirlarni kengaytiruvchi modda almashinuvini yaxshilovchi og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, nerv mushak tizimining quzg‘aluvchanlik darajasini oshiruvchi, yurak qon tomir faoliyatini yaxshilovchi ta’mir ko‘rsatadi.)
– Soluks (Yorug‘lik bilan davolash moddalar almashinuvi yaxshilanishi, og‘riq qoldiruvchi qon aylanishini yaxshilash jaroxat va yaralar bilan bitishini tezlashishiga yordam beradi.)
– UTT (Ultira tovush ostida xujayra membiranalari va gestogematogik barerlarning utkazuvchanligi uzgaradi deffuziya hodisasi kuchayadi, qon aylanishi yaxshilanib, beriferik nerv tolalarining elektr quzg‘aluvchanligi ortadi. Ultra tovush og‘riqni qoldiradigan yallag‘laniga qarshi va tonusni kuchaytiradigan ta’sir ko‘rsatadi.)
– Parafin (parafin qullanilganda uning davoli effikti shishni yuqotish, og‘riqni kamaytirish, qon va lemfa aylanishini yaxshilanishi, yallig‘lanishga qarshi tuqimalarda moddalar almashinuvi kuchayadi, terini oziqlanishi va trofikasi yaxshilanadi.)
– Amplipuls-4 (Amplipuls quzg‘atuvchi hamda og‘riq qoldiruvchi vazifasini bajaradi. Ampilpuls qon aylanishini hamda nerv muskul funksional xolatini yaxshilashga yordam beradi.)
– Ingalyatsiya (vulkan-1) (Ingalyatsiya issiq xavo shilliq pardalarga ta’mir etib qon aylanishini yaxshilaydi og‘riq qoldiruvchi va balg‘am kuchiruvchi ta’sir etadi.)
– UVCh (UVCh ta’siri ostida Granulatsiyalarning usishi tezlashadi, qon va lefma oqimi, moddalar almashinuvi kuchayadi va aktivroq bo‘lib o‘tadi, UVCh yallig‘lanishga qarshi, OG‘RIQ QOLDIRUVChI TA’SIR KO‘RSATADI.)
– Darsonvalizatsiya (Iskra-1) (dorsanval og‘iriq qoldiruvchi tomirlar spazmini yuqotuvchi tuqimalardagi moddalar almashinuvini kuchaytiruvchi vazifasini bajaradi.
– Kvars apparatlari bilan shifokorlarning buyurgan tavsiyalariga kura muolajalar kunlik reja asosida tarbiyalanuvchilarga muolajalar olib boriladi.
Olib borilayotgan davo muolajalar natijasida tarbiyalanuvchilarga sezilarli darajada uzgarishlar kuzatilmoqda.
Oxirgi yillar davomida fizioterapevtik davo muolajalariga talab juda keskin ortib bormoqda. Bu sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohatlar natijasi hamda aholining tibbiy madaniyati yaxshilanib borayotganindan darak beradi.
Fizioterapiya xonasida 2 nafar hamshira ish faoliyatini olib boradi.
Aliqulova Zulfiya Halilovna
Arslanova Gavxar Jaxongirovna
Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi fizioterapiya xamshirasi