Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
nogironligi bo‘lgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish;
dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda nogironligi bo‘lgan bolalarni bepul har yili ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lomlashtirish va ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolashni tashkil qilish;
nogironligi bo‘lgan bolalarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar, yurish moslamalari), shaxsiy gigiena vositalari bilan ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni muntazam takomillashtirib borish;
ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni, shu jumladan konsert dasturlarini tashkil etish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishlarini ta’minlash.
“Muruvvat” bolalar internat uyi ularga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
a) nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish sohasida:
vasiylikka olingan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtiradi, tarbiya-ta’lim ishlarining zamonaviy shakllari va metodlarini joriy etadi;
vasiylikka olingan bolalarning rivojlanishida ijtimoiy dinamikasida o‘zgarishlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni o‘qitishda integratsion yondashuvlarni qo‘llash misolida jamiyatga integratsiya qilish hamda ularni tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarida innovatsion alternativ modellarni ishlab chiqadi.
“Muruvvat” bolalar internat uyida vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy ta’minotini to‘liq davlat tomonidan amalga oshirilishini ta’minlaydi;
vasiylikka olingan bolalarga malakali mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ijtimoiy, maishiy va madaniy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
vasiylikka olingan bolalarga salomatligini mustahkamlash va davolanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarish qilish guruhlarida kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ular uchun o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi;
internat uyida biriktirilgan tibbiyot muassasalari, o‘rta, maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari bilan aniq chora-tadbirlar asosida ish jarayonini tashkil etadi;
b) nogironligi bo‘lgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
vasiylikka olinganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlaydi;
nogironligi bo‘lgan bolalarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash sohadagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qiladi va tegishli takliflarni Agentlikka kiritib boradi;
v) nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish sohasida:
kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib, takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
muntazam ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish yuzasidan Agentlikka takliflar kiritadi;
g) dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda nogironligi bo‘lgan bolalarni bepul har yili ikki marta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, rejali sog‘lomlashtirish va ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolashni tashkil qilish sohasida:
dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlashda muassasani birinchi tibbiy yordam uchun zarur dori vositalari va malakali tibbiyot xodimlari bilan ta’minlaydi;
vasiylikka olinganlarni har yili ikki marta biriktirilgan sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalar va oliy tibbiy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi;
tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq bepul ambulator, statsionar va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash choralarini ko‘radi;
d) nogironligi bo‘lgan bolalarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar, yurish moslamalari), shaxsiy gigiena vositalari bilan ta’minlash sohasida:
vasiylikka olinganlarni tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlaydi;
vasiylikka olinganlarni ehtiyojga muvofiq shaxsiy gigiena vositalari bilan ta’minlaydi;
e) nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni muntazam takomillashtirib borish sohasida:
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga oid dasturlar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan yangi uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etadi hamda tegishli takliflarni Agentlikka kiritadi;
j) ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni, shu jumladan konsert dasturlari, tashkil etish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishlarini ta’minlash sohasida:
“Muruvvat” bolalar internat uyida muntazam madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qiladi;
turli ko‘rik-tanlovlar va ko‘rgazmalar tashkil etadi hamda vasiylikka olingan bolalar ishtiroki natijasida kelajakka umid, intilishlarini orttirish hamda vaqtlarini sermazmun o‘tishiga shart-sharoit yaratadi.
“Muruvvat” bolalar internat uyida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko‘rsatish, jumladan, kunduzgi qatnov hamda internat tizimi (haftasiga 6 kungacha kelish) shaklida pullik xizmat ko‘rsatishi mumkin.