logomuruvvatuyi 1

Biz haqimizda

slider

Biz haqimizda

Aziz bolajonlarimizni jismoniy va ma’naviy sog’lom etib tarbiyalash-buyuk maqsadimiz.                                                                                                                                                                                                      Sh. M. Mirziyoyev

      Qarshi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2018-yilda qayta ta’mirlangan.

“Muruvvat” bolalar internat uyi O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar (vasiylikka olinuvchilar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi.

“Muruvvat” bolalar internat uyi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining buyruqlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
17 sentabrdagi 575-son “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi Nizomlarini tasdiqlash haqida” qarorlariga amal qiladi.

Qarshi-MuruvvatUyi.uz
Qarshi-MuruvvatUyi.uz