Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida 2023 yil 07-dekabr kuni O‘zbekiston Respublkasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi direktori Yo.Shonazarov so‘z olib Konstitutsiyasiyamizning mazmun mohiyati to‘g‘risida fikr bildirar ekan bugungi kunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilganligi, o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilinganligi, yangilanish natijasida, bosh qomusimizdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshganligini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari yig‘ilish ishtirokchilariga Qarshi “Muruvvat” internat uyi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Yusupov Konstitutsiyasiyamizning yaralish tarixi va o‘zgarishlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Muruvvat” uyi tarbiyachilari tomonidan sahnalashtirilgan tadbir bo‘lib, tadbirda ba’diy chiqishlar qilindi hamda Viloyat qo‘g‘irchoq teatri tomonidan “Qizil shapkacha” teatri qo‘yilib “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari qalbiga olam-olam quvonch bag‘ishlandi.