“Muruvvat” bolalar internat uyining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
“Muruvvat” bolalar internat uyi faoliyatini moliyalashtirish Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetlaridan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
“Muruvvat” bolalar internat uyi belgilangan tartibda tashkilot tomonidan tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan belgilanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
“Muruvvat” bolalar internat uyi qonunchilik hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
“Muruvvat” bolalar internat uyining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.