logomuruvvatuyi 1

“Muruvvat” bolalar internat uyiga qabul qilish

  • Bosh sahifa
  • “Muruvvat” bolalar internat uyiga qabul qilish

“Muruvvat” bolalar internat uyiga qabul qilish

  1. “Muruvvat” bolalar internat uyi O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar quyidagi tashxislar bilan qabul qilinadi:
  2. “Muruvvat” internat uyiga quyidagi tashhislar bilan vasiylikka olinganlar qabul qilinadi:

mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik;

og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;

chuqur darajadagi aqliy zaiflik;

bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bo‘lgan mo‘tadil darajadagi aqliy zaif bolalar serebral falajligi;

intellektning qo‘pol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;

demensiya.

Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

  1. 3. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uyiga qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:

tez-tez, har oyda 5 martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;

bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;

ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish mumkin bo‘lgan har qanday ruhiy kasalliklar;

jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;

yuqumli teri va soch kasalliklari;

o‘tkir yuqumli kasalliklar;

salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va residivlari;

tanosil kasalliklari.

“Muruvvat” bolalar internat uyiga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar hududiy davolash profilaktika muassasalariga yuboriladi.

  1. 4. Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda navbat asosida amalga oshiriladi.
  2. “Muruvvat” bolalar internat uyiga yuborish, shuningdek, biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish

(ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyati Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.  

Maxsus komissiya hududiy boshqarmalarning vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirib boradi.

“Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan mas’uliyat hududiy boshqarma boshliqlariga yuklanadi.

  1. 6. “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

“Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (16 yoshdan katta shaxslar uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat);

vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

pensiya guvohnomasi (mavjud bo‘lsa);

ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligini tasdiqlovchi hujjat;

belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sog‘liqning holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar;

“Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning       2 dona (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;

ruhiy-asab kasalliklari dispanseri tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi;

xalq ta’limi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi;

belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.

  1. 7. Nogironligi bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilishda ota-onalar (vasiylar yoki homiylar, farzandlikka oluvchilar) va “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori o‘rtasida beg‘araz shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatiladi.

Shartnomada quyidagilar belgilanadi:

ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati;

“Muruvvat” bolalar internat uyi mutaxassislari tomonidan kunduzgi parvarishlash guruhi negizida o‘tkaziladigan tadbirlar;

ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar yoki homiylar tomonidan uy sharoitlarida o‘tkaziladigan tadbirlar.

  1. 8. “Muruvvat” bolalar internat uyiga yuborilayotgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun mazkur Nizom 22-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:

tuman (shahar) hokimining homiylikni belgilash to‘g‘risidagi qarori nusxasi;

ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ota-onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatining yoki ularning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, sudning hukmlari yoki qarorlari, ota-onasining uzoq davom etgan kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va ota-onasining yo‘qligini yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalashga imkoniyat yo‘qligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

vasiylikka olinganning ota-onasidan keyin qolgan mol-mulkining (agar bor bo‘lsa) ro‘yxati, ro‘yxatda uning qaerdaligi, uni saqlash uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar va uning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

vasiylikka olinganga biriktirilgan uy-joy maydoni to‘g‘risidagi hujjatlar (order, uy daftari, uy-joy rejasi nusxasi, tuman (shahar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining uy-joy egasi va uning xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

vasiylikka olinganning foydasiga alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi, agar bor bo‘lsa — omonat daftarchasi.

  1. 9. “Muruvvat” bolalar internat uyidagi vasiylikka olinganlar ularning jinsi, jismoniy holati, aqliy zaiflik darajasi hamda yoshi hisobga olingan holda, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

yotadiganlar guruhlari (yoshi va jinsidan qat’i nazar, harakatlanish funksiyasi kuchli buzilgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar);

emaklovchilar guruhlari (yoshi va jinsidan qat’i nazar, harakatlanish funksiyasi cheklangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar);

aralash guruhlar — 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida-alohida guruhlar.

Guruhlardagilar soni 5, 6 nafardan bo‘lishi kerak.

  1. Bundan tashqari, “Muruvvat” bolalar internat uyidagi barcha vasiylikka olinganlar, mehnat ko‘nikmalarini egallash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning intellektual rivojlanishiga muvofiq ravishda tarbiyalash guruhlariga bo‘linadi.

Mehnatga o‘rgatiladigan bolalar guruhiga quyidagilar kiradi:

mehnatga o‘rgatishga tayyorlash guruhi;

mehnatga o‘rgatish guruhi.

Mehnatga o‘rgatish guruhlaridagi bolalar soni 5 yoki 6 kishidan bo‘lishi kerak.

  1. Yakka tartibdagi dastur bo‘yicha guruhlardagi vasiylikka olinganlarni har bir bolaning imkoniyati va ehtiyojlariga qarab belgilash faqat xalq ta’limi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida amalga oshiriladi.
  2. 12. “Muruvvat” bolalar internat uyiga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy yig‘majild yuritiladi va unga tegishli hujjatlar tikib qo‘yiladi.

Vasiylikka olinganlarning shaxsiy yig‘majildlari “Muruvvat” bolalar internat uyi direktorida saqlanadi.