Maishiy shart-sharoitlar reabilitatsiya jarayoniga ko‘maklashishi, vasiylikka olingandagi emotsional zo‘riqishni yo‘qotish uchun sharoitlar yaratishi kerak.
Vasiylikka olinganlarning mehnat tarbiyasi o‘qitishni mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lish bilan uyg‘unlashtirish asosida ushbu «Muruvvat» bolalar internat uyining tibbiy-reabilitatsiya komissiyasi tomonidan tuzilgan nogironligi bo‘lgan bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturiga muvofiq, tibbiy ko‘rsatkichlar va pedagogik tavsiyalarni hisobga olgan holda, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.