logomuruvvatuyi 1

Ijtimoiy xodim xonasi

Xona faoliyati haqida

“Muruvvat ” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish kerakligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev  ta’kitlab  o‘tdilar.

      Ijtimoiy ish:   – Insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlash bo‘yicha  kasbiy  faoliyatdir.

      Ijtimoiy xodim, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtiradigan yoki  bevosita  ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega shaxs hisoblanadi. Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisdir.

      Qarshi  “Muruvvat” nogironli bo‘lgan bolalar uchun internat uyida 281-nafar bolajonlarga  mehr-muruvvat  ko‘rsatib  kelmoqdamiz.    Shundan   o‘g‘il   bolalar  147-nafar,  qizlar  134-nafar,  shundan, 13 nafar bolajonlar chin yetim  bolalardir. Qarshi  “Muruvvat” nogironli bo‘lgan bolalar uchun internat uyida ijtimoiy   va  jismoniy aqliy, ruxiy yoki sensor sezgi  nuqsonlari borligi  tufayli  turmush faoliyati cheklanganligi  munosabati bilan qonun xo‘jjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va ximoyaga muxtoj shahs: 

Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligining baxolash asosida ularning  ijtimoiy  yordamga  hamda ximoya  chora tadbirlarga bo‘lgan ixtiyojlari  xisobga olinishi taminlashni nogironlarni reabilitatsiya  qilish  va  ijtimoiy  ximoya  qilishning  qonun  xujjatlarida nazarda  tutilgan  turlaridagi   dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan ximoya qilishni  taminlash   yuzasidan  zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi.  Nogironlarni ijtimoiy ximoya qilish soxasidagi davlat siyosatining  asosiy yunalishlari quydagilardan iborat:

  • Nogironlarning xuquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taminlash;
  • Nogironlarning kamsitishga yul quymaslik;
  • Nogironlarning sha’ni va qadr-qimmatini ximoya qilish;
  • Nogironlarning xuquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini taminlash;
  • Nogironlarni ijtimoiy ximoya qilish to‘g‘risidagi qonun qonun  xujjatlarida roya etishni taminlash.

Qarshi  “Murruvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida bolalarga mehr-muruvvat  ko‘rsatib, quvonch va shodlik ulashish, ularning qalbiga ezgulik tuyg‘ularni uyg‘otib ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida va kelgusi hayotlarida mustaqil o‘zlari uchun harakat qilishga tayyorlab bormoqdamiz.  Ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, barcha sharoitlarni yaratib berish, nafaqat vazifa, balki muqaddas burchdir. Shu jixatdan  yondashsak, ishimizda albatta natija  bo‘ladi.