Kutubxona – bosma va ayrim qo’lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta’minlashni taminlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa, muntazam ravishda bosma asarlar to’plash saqlash, targ’ib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek axborot-bibliografiya ishlari bilan shug’illanadi, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning fikrlash doirasini kenggaytirishda faollik ko’rsatadi.
Qarshi «Muruvvat» nogironligi bo’lgan bolalar uchun internat uyi kutubxona zamonaviy jixozlar bilan ta’minlangan. Kutubxonada 1 dona shkaf, 6 dona kitob javoni, 1dona kompyuter to’plami, 1dona elektron kutubxona, 7 dona kompyuter stol, 6 dona stul,bolajonlar uchun maxsus aylana stol 1dona va 6 ta stul .4 dona davlat ramzlari tasvirlangan stend.
Bizning “Muruvvat” uyimizda 400 nafar ishchi xodimlar va 282 nafar tarbiyalanuvchilar bor. Tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda to’garaklar hamda kutubxonaning o’rni katta. Hozirda kunda kutubxonada 2300 ga yaqin kitoblar bor. Shulardan: Siyosiy kitoblar 28 ta, ilmiy ommabob kitoblar 92 ta, diniy kitoblar 16 ta, adabiyot durdonasi 46 ta, badiiy kitoblar 255 ta, jaxon adabiyoti 112 ta, ertak kitoblar 1238 ta, she’riyat kitoblar 300 ta, darsliklar 87 ta, psixolik kitoblar 10 ta shu turdagi kitoblar mavjud. Kutubxonamizda yangi texnologiyaga asoslanib elektron kutubxonasi yo’lga qo’yilgan. Unda 126 ta kitoblar mavjud. Kutubxonamizdan ishchi xodimlar va tarbiyalanuvchilar a’zo bo’lib, bo’sh vaqtlarini har-xil turdagi kitoblarni o’qib unumli foydalanmoqdalar. Tarbiyalanuvchilardan 45 nafar bolajonlar doimiy kutubxonaga olib kelinib, ularning xohishlariga qarab rasm kitoblar, ertak kitoblar o’qib berilmoqda.
Kutubxonamizda 160 nafar ishchi xodimlar obuna bo’lishgan.
Kutubxonada keladigan quyidagi tarbiyalanuvchilar:
2-bo’lim – Bolalar kichik sherlar va ertak kitoblarni maroq bilan tinglaydilar. Maqol va she’rlarni ayta oladilar.
4-bo’lim – Ertak kitoblarni hamda kichik she’rlarni yod oladilar. Shu kitobdagi ertak qahramonlarni rasmlarini bo’yashga ham juda qiziqishadi.
5-bo’lim – Kichik sherlarni yod oladi.Ertaklarni maroq bilan tinglashadi.
6-bo’lim – Bu bolajonlar ham ertaklarni sevib tinglashadi, she’rni o’rgatilsa so’zma-so’z birgalikda yaxshi yod olib aytib bera oladi
8-bo’lim – Bu tarbiyalanuvchilar ham rasmli ertak kitoblarni tomosha qilishni yaxshi ko’radilar.Aytib berilgan ertak qahramonlarni tushunib bir-birlari bilan fikr almashishadi.
Kutubxonani boyitish maqsadida yangi badiiy asalar, tarixiy kitoblar, rasmli ertak kitoblar bilan boyitishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi kutubxonachisi