logomuruvvatuyi 1

LFK xonasi

Xona faoliyati haqida

       Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida LFK (davolash fizkultura) xonasi tashkil qilingan.

      LFK (davolash fizkultura)-jismoniy mashqlar kompleksi xisoblanadi. LFK kasallikni davolash oldini olish va bemorlarni reabilitatsiyasi maqsadida qo‘llaniladi. LFK mashqlari silliq va sekin bajariladi. LFK mashqlarining asosi tanamizning asosiy funksiyasidan foydalanish-bu harakatdir.

      Butun kompliks to‘g‘ri nafas olish bilan birlashtirilgan tanlangan mashqlardir. LFK bolalarda tanani sog‘lomlashtirish, chiniqtirish, qaddi-qomatni yaxshilash ya’ni bolalarda skliroz-qaddi qomatni buzilishida albatda LFK kerak bo‘ladi. BSF (bolalar seribral falaji) bolalarda ham bundan tashqari genitek kasalliklari fonida bo‘lgan xarakatda orqada qolgan bolalarda ham LFK juda muhimdir. LFKda asosan gimnastika mashqlari uyinlar amaliy sport mashqlari olib boriladi. Kundalik mashqlar tanaga guzallik va sog‘lomlik bag‘ishlaydi. Bu faol va qiziqarli hayot uchun muhimdir. Jismoniy mashqlar serotonin va dopamen ishlab chiqaradi. Ushbu bialogik faol moddalar “quvonch garmonlari” deb ataladi.

      Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida LFK xonasi turli xil turdagi sport trinajyorlari bilan jixozlangan.

      Shu jumladan:

      Yugurush yo‘lakchasi (begovaya dorojka)-bu yurish va yugurish uchun ishlatiladigan sport mashq mashinasi. Bunda yurak qon tomir faoliyatini normallashtiradi, tayanch-xarakat tizimini sezilarli darajada mustaxkamlab va uni kuplab kasalliklardan qutqarishdan iborat, suyaklar va bug‘imlar mustaxkamlanib, osteoparoz xavfi kamayadi.

      Muskul chuzuvchi apparat-barcha mushak guruxlari, yelka-kamar, retmik qul xarakatlari, qorin va qovurg‘alar aro mushaklar faoliyati kuchayadi. Mushak to‘qimasidan iborat yurak va qon tomirlari faoliyati yaxshilanadi.

      Press apparati– mashqlari natijasida metabolizm yaxshilanadi kundalik jismoniy faollik qon aylanish tizimini kislarod bilan tuyintiradi va uni barcha organlarga oqilona taqsimlaydi.

      Mashq velosipedi-bu son, oyoq, dumba, orqa va qorin mushaklarini faollashtiradi. Qon bosimi normallashadi xolisterin kamayadi va ateroskleroz xavfi kamayadi. Nafas olish tizimining faoliyatini yaxshilaydi.

      Gimnastik koptok (fitbol)-bunda mashg‘ulot ztkazilganda bolada kayfiyat ko‘tariladi, sezgi organlari yaxshilanadi, ovqat xazm qilish faoliyati kuchayadi.

      Shved devori-bolalar uchun devor panjaralarida mashqlar bajarish qiziqarlidir, hatto yurishni urganmagan bolalar xam simulyatorga albatda e’tibor berishadi. Shved devori yordamida quyidagi mashqlarni bajarish mumkin:

-qullarda osilib;

-zinadan kutarilish;

-tortilish;

-oyoqlarini osiltirib turgan holda burish va x.k;

      Bularning barchasi chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiradi, yassi oyoqlikda foydali xisoblanadi.

      LFK hamshiralari kumagida Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilarini ertalabki badan tarbiya mashqlarni bajarishga, trenajyor apparatlari bilan shug‘ullanishiga kumaklashadi. Bundan tashqari xarakati cheklangan bolalarni qul-oyoq xarakat mashqlari bilan shug‘ullantiradi.

      Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida LFK hamshiralari “Muruvvat” internat uyi tarbiyalanuvchilarini davolash va reabilitatsiya qilish ishlari muntazam ravishda olib bormoqda.

      LFK hamshiralarining tinimsiz olib borayotgan mashaqqatli mehnat faoliyati natijasida “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari orasidan bir necha bolalarda ijobiy natijalarga erishildi.

      Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida LFK xonasida 5 nafar hamshiralar ish faoliyatin olib boradi.

      Oliy toifali LFK hamshirasi Qosimova Dilnoza Abduhamidovna.

      2-toifa LFK hamshirasi Jumanazarova Shaxzoda Sherzod qizi.

      LFK hamshiralari Muhammadieva Yulduz Tulqin qizi, Primova Shaxnoza xxx, Xudaynazarova Nasiba XXX