logomuruvvatuyi 1

Mehnat to‘garagi xonasi

Xona faoliyati haqida

Qarshi  “Muruvvat” internat uyida tikuvchilik va bisser to‘garagi faoliyat olib borilmoqda.  Tikuvchilik va bisser to‘garagiga tarbiyalanuvchilar jalb qilingan va yanada jalb qilinib kelmoqda .  Tarbiyalanuvchilarga  ijtimoiy hayotga moslashtirib gullar va naqshlar, har-xil bezaklar, kashtalar orqali, hayotni go‘zalligini namoyon qilib har-xil ranglar bilan farqlatishga o‘rgatib, munchoqlar va bisserlar bilan ishlab, kiyimlarini tikishga, diqqat va xotira malakalarini mustahkamlashga, qo‘l  matorikalarini rivojlantirishga, kelgusi hayotlarida o‘zlari mustaqil bajarishga o‘rgatilib kelinmoqda. So‘ngi yillarda imkoniyati cheklangan–aqliy rivojlanishi turli darajada buzilgan bolalarniijtimoiy  hayotga tayyorlash masalalariga tobora e’tibor qaratilmoqda shunig uchun faqat Xalq ta’limi tasarrufidagi mazsus ta’lim muassasalardagina emas, balki Sog‘liqni Saqlash vazirliklariga qarashli   Bolalar siyatgozlari, ”Muruvvat” uylarida qanday kasalligidan qat’iy nazar, usib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom jamiyatga tenglashtirish maqsadida Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qator  Qonun, Qaror, me’yoriy xujjatlarni hayotga isloh qilish quyidagi dastur ishlab chiqildi. ”Muruvvat ”  uylari mutaxasislari bolalarni imkoniyatlariga moslashtirilgan holda maxsus o‘quv dasturlariga ijodiy  yondashishmizga dasturlar tavsiya etilgan. ”Muruvvat” uymizda yashab va tarbiyalanib kelayotgan  o‘rta, og‘ir va chuqur darajadagi 4-yoshdan 18-yoshgacha  bo‘lgan aqli zaif bolalarni ta’lim-tarbiya berish uchun biz dasturlar orqali mehnat mashg‘ulotlari va elementar kasbiy malakalarini rivojlantirish   uchun olib boroladogan mashg‘ulotlar, korreksion mashqlar va har xil to‘garaklarni dasturlar orqali,  ijtimoiy hayotga tayyorlab boramiz. Bolanig har tomonlama rivojlanishida mehnat tarbiyasi asosiy omil bo‘lib, unig aqliy va ma’naviy kamol topishga xizmat qilamiz. Mehnat jarayonida bolaning bilim darajasi, ijodiy qobiliyatlari o‘sadi. Unda bola o‘z ishini rejalashga, qilgan ishiga baho berishga, o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyalanuvchilarning bilim, ko‘nikmalarini rivojlanish bilan bir  qatorda ularning qiziqishlari ortib boradi. Qo‘l mehnati “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchisini elementar kasbiy malakalarini rivojlantirish uchun bog‘lovchi bog‘indir.

Qo‘l mehnati mashg‘ulotlari qo‘yidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • Bolada mavjud ruhiy-jismoniy kamchiliklarni korreksiyalash va insonga mehnat faoliyatiga zarur  bo‘ladigan fazilatlarni tarbiyalash.
  • Bolani elementar kasb-hunar egallashga tayyorlash.
  • Bolalarda ijodia qobiliyat, badiiy did va tassvurlarni o‘stirish.
  • Tarbiyalanuvchilarni xalq amaliy san’at asarlari gu’zalligini his qila olishga o‘rgatish.     
  • Tarbiyalanuvchilarni o‘z ish joylarini ozoda tutishga, ish asboblarini asrab abaylashga o‘rgatish
  • Mehnatsevarlik, g‘amho‘rlik, bir-biriga yordam berish, o‘rtoqlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lish   kabi xislatlarini shakllantirish .

Qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining “Muruvvat” uyida muntazam olib borilishi imkoniyati cheklangan bolalardagi ruhiy, jismoniy kamchiliklarni bartaraf etishda va karreksionlashda kata ahamiyati bor. Mashg‘ulotlar davomida ustoz tarbiyalanuvchilarni bor imkoniyatlarini ishga solib bilim ko‘nikma va malakalalarini rivojlantirib boramiz. Bu esa biz mehnat uyrichilariga bog‘liqdir. Mehnat mashg‘ulotlarida davomida tarbiyalanuvchilar bilan muntazam shug‘ullanib borilar ekan tarbiyalanuvchilarimizga mehnat mehnat madaniyatini sihgdirib malakalarini oshirib boramiz. Qo‘l mehnati mashg‘ulotlarida korreksionlashibgina bo‘lmay, balki barcha his–tuyg‘ularini oshirishga ham  qaraqtilgandir. Bu bilan tarbiyalanuvchini tevarak atrofni anglashiga, xis qila bilishiga va tasavvurlarini  kengayishiga sabab bo‘ladi. Qo‘l mehnatlari to‘garaklarida estetik tarbiyaga oid ishlar ham muntazam olib borilmoqda.

Bolalar buyumlarni go‘zalligini materiallarni sifatini xis qila olishlari lozim. ”Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatga o‘rgatib borar ekanmiz ularnind bilim ko‘nikma va malakalari ustida  ishlash alohida e’tibor beramiz. Ularni eslab qolish va qiyin kechishini xisobga olib,har –bir mashg‘ulotimizni biz mehnat yo‘riqchilar qayta-qayta takrorlab boramiz va vazifalarimizni basqichma –bosqich olib bormoqdamiz. Mashg‘ulot vaqtida imkoniyati cheklangan bolalarni tez-tez charchashlarini  inobatga olib to‘garagimizni davomiligini va o‘tilish tartibi fiz daqiqalarga ahamiyat bergan holda o‘tamiz To‘garagimizda 20 -25nafar  qobiliyati bor tarbiyalanuvchilar qatnaydilar. Biz bolalarni xoxish- istsklariga qarab to‘garaklar olib boramiz.