Qarshi Muruvvat uyining 25 nafar tarbiyalanuvchilari bugun 2023 yil 4-noyabr kuni Viloyat qo’g’irchoq teatrining yangi binosini ochilish marosimida ishtirok etishdi. Yangi teatrni viloyat xokimi M.Azimov ochib berdi va viloyatdagi barcha bolajonlarni yangi qo’g’irchoq teatrini ishga tushishi bilan tabrikladi va xammani teatrga taklif etdi. Surxondaryo, Buxoro, Samarkand, Toshkent shaxridan kelgan aktiyorlar o’z chiqishlari bilan bolajonlarga xursandchilik ulashishdi. Bolalar teatrdan ko’tarinki kayfiyatda xursand bo’lib qaytishdi.